Orqaga

1061 marta koʻrilgan

1860–1870

Fransiya–Prussiya urushi va uning yakunlari

XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Bunga sabab—Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyot bo’yicha o’z qo’shnilari bo’lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotgani bo’ldi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Chunonchi, u Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to’sqinlik qilolmay qoldi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo’lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro’siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topardi.