2
Ulashish
714 marta koʻrilgan
909–1171
Fotimiylar sulolasi
Fotimiylar — 909—1171-yillarda Fotimiylar xalifaligini boshqargan shia (ismoiliy) xalifalar va imomlar sulolasi. Ular o’zlarini Ali ibn Abu Tolibning va islom payg’ambari Muhammadning qizi Fotimaning avlodlari (nomi shundan kelib chiqqan) deb hisoblashgan. Fotimiylarning kuchayishiga berber Kutama qabilasining xalq qoʻzgʻoloni sabab boʻlgan. 910-yil yanvar oyida ismoiliy imomi Ubaydalloh Mahdiy deb e’lon qilindi va xalifa unvonini oldi. Fotimiylar Shimoliy Afrika, Sitsiliya, Shom va Qizil dengiz sohillari yerlarini oʻziga boʻysundirib, butun musulmon dunyosida hukmronlik oʻrnatish uchun kurashni davom ettirdilar. Fotimiylar qoʻshini yollanma askarlardan va mamluklardan iborat edi. Fotimiylar xalifasi al-Adid vafot etgach va Ayyubiylar sulolasidan kurd vaziri Saloh ad-Din hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng sulola o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Maqola tez orada toʻldiriladi.