3
Ulashish
812 marta koʻrilgan
1875–1951
Ferdinand Porshe
Avtomobil ishlab chiqarish sohasidagi fidoyilar qatorida butun boshli sulolaga asos solgan Ferdinand Porshening ismi har doim tilga olinadi. Otasining ishini oʻgʻli davom ettiradi: u Ferdinand Porshening ixtirosi hozirgacha foydalanilayotgan avtomobil kompaniyasiga asos soladi.
Zamondoshlari – Daymler, Benu, Panar va Levassor kabi Porshe faoliyatini muhandis sifatida boshlagan. U Daymler va Bensning korxonasida ishlagan va 1930-yilga kelibgina oʻz firmasiga asos solgan. Bu vaqtga kelib u Germaniya poygachilar jamoasiga sport avtomobillari modellarini ishlab chiqadigan bir guruh injenerlarga rahbarlik qilardi.
1934-yilda Porshe butunlay yangi tipdagi avtomobilni taqdim etadi. U bu avtomobilni amerikancha “Ford-T” va inglizlarning “Ostin 7” avtomobillari bilan raqobatlasha oladigan, arzon model sifatida taqdim qiladi. Mashinani arzonlashtirish uchun Daymler va Bensning ilk avtomobillari konstruksiyasiga qaytib, dvigatelni orqaga joylashtiradi. Lekin endi mashina dvigatelni maxsus parrak bilan sovutadigan, samarali tizimga ega edi. Lekin gʻoʻngʻillagan ovozi tufayli mashina “Qoʻngʻiz” laqabini oladi, modelning haqiqiy nomi “Volkswagen” faqat sotuv kataloglarida qoladi. Bundan tashqari Porshe shilliqqurt chigʻanogʻiga oʻxshagan kuzov yaratadi.
Mutaxassislar bu yangilikni yuqori baholadi va uni avtomobillarning boshqa modellarida ham qoʻllay boshladi. Yangi mashinaning maksimal tezligi soatiga 100 kilometr (62 mil) boʻlib, passajir salonining isitgichi bilan jihozlangan edi. Model 1940-yilda ishlab chiqarila boshlaydi va shu darajada muvaffaqiyatga erishgani tufayli 30 yildan ortiqroq vaqt davomida sotuvda boʻldi. “Qoʻngʻiz” hayratlanarli muvaffaqiyatga erishadi. 1980-yilning oxiriga kelib bu avtomobilning 20 million nusxasi sotilgan edi.
Keyinchalik Porshe yuqori tezlikdagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi oʻz kompaniyasiga asos soladi. Ulardan birinchisi 1948-yilda quriladi. Lekin bu oʻziga toʻq xaridorlarga moʻljallangan, qimmat avtomobillar edi. Ferdinand Porshe barcha modellar soatiga 202 kilometr (125 mil) tezlikka chiqishi mumkinligini, narxi esa 100 ming funtdan tushmasligini eʼlon qilganida mubolagʻa qilmagandi.
Darhaqiqat, ular dunyodagi eng qimmat mashinalar edi. “Porsche Turbo 944” soatiga 245 kilometr ( 152 mil) tezlikka chiqa olardi. Uning dvigateli istalgan turdagi yoqilgʻi uchun optimal ish variantini tanlaydigan kompyuter yordamida boshqarilardi. “Volkswagen” hozirgacha yengil boshqaruv va ajoyib dizaynga ega, eng qulay avtomobillardan boʻlib qolmoqda.
Muqova suratlar: wikipedia.org / pinterest.com