Orqaga

807 marta koʻrilgan

1767-1845

Endryu Jekson

AQShning 20 dollarlik kupyurasida tasvirlangan shaxs AQShning 7-prezidenti Endryu Jeksondir. Bu amerikaliklarning xalq sifatidagi inqilob urushi paytida, shuningdek, uning ikki muddatlik prezidentlik davrida vatan uchun qoʻshgan hissasini qanday qadrlanishini koʻrsatadi. U, shubhasiz, Qoʻshma Shtatlar tarixidagi eng nufuzli insonlardan biri boʻlgan. U oʻzidan avvalgi prezidentlarga qaraganda asosan xalqning ovozi bilan saylangan. Prezident sifatida oddiy xalqning bevosita vakili sifatida faoliyat yuritishga intilgan. 1767-yilda Karolina shtatining chekka hududida joylashga turar joylarda tugʻilib, vaqti-vaqti bilan tartibsiz taʼlim olgan. Biroq u oʻsmirlik yillari 2 yil mobaynida huquqshunoslikni oʻrganadi va Tennessida koʻzga koʻringan yosh huquqshunosga aylanadi. U oʻzining sharafini qattiq himoya qilib, koʻplab mushtlashuvlar sodir etgan va ayoli Reychelga nohaq tuhmat qilgan bir odamni duelga chaqirib oʻldirgan.

Jekson qullar sotib olib, Nashvill yaqinida Ermitaj saroyini qurdirish uchun yetarli darajada mablagʻga ega boʻlgan. U Vakillar palatasiga saylangan tennessilik birinchi kishi boʻlgan va u senatda qisqa muddat davomida faoliyat yuritgan. U 1812-yildagi urushda general-mayor — Jekson Yangi Orleanda britanlarni magʻlub etib, milliy qahramonga aylanadi. 1824-yilda baʼzi shtat fraksiyalari Jekson atrofida toʻplandi. 1828-yilga kelib esa koʻpchilik Vashingtonda koʻplab shtat saylovlarida gʻalaba qozonish va federal maʼmuriyat ustidan nazoratni qoʻlga kiritish uchun Old Hickory (Endryu Jeksonning urushda koʻrsatgan matonati uchun askarlari tomonidan berilgan laqabi) ga qoʻshildi. Kongressga yoʻllangan birinchi yillik murojaatida Jekson saylov komissiyasini tarqatib yuborishni taklif qildi. U, shuningdek, davlat idoralariga federal egalikni ham demokratlashtirishga harakat qildi. Davlat tuzilmalari allaqachon homiylik asosida qurilayotgan va Nyu York senatori ochiqchasiga: “oʻlja gʻoliblarga tegishli”, — deb eʼlon qildi.

Jekson muloyimlik bilan oʻz fikrini bildiradi. U umrbod xizmat qilishdan zavqlanayotgan mansabdor shaxslarni qoralab, u hukumat vazifalari “shunchalik sodda va oson” boʻlishi mumkin, shuning uchun lavozimlar unga munosib boʻlgan nomzodlar orasida taqsimlanishi kerakligini taʼkidlaydi. Milliy siyosat Jekson va uning muxolifati atrofida qarama-qarshi guruhlarga boʻlingani sababli eski respublikachilar partiyasidan 2 ta partiya paydo boʻldi. Birinchisi, Jeksonga sodiq boʻlgan demokratik respublikachilar yoki demokratlar, ikkinchisi esa unga qarshi boʻlgan milliy respublikachilar yoki viglar edi. Genri Kley, Daniel Vebster va boshqa vig yetakchilari oʻzini xalq erkinligini Jekson poymol qilishiga toʻsqinlik qiluvchi himoyachilar deb eʼlon qildi. Dushman karikaturachilari uni qirol Endryu I sifatida tasvirladi. Ularning ayblovlari ortida Jekson avvalgi prezidentlardan farqli oʻlaroq siyosatni ishlab chiqishda kongressga murojaat qilmagani, balki veto huquqidan (veto — davlat boshligʻining parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil rad etish huquqi) va partiya rahbariyatidan qoʻmondonlikni oʻz zimmasiga olish uchun foydalangani yotadi. Eng katta partiyaviy jang Qoʻshma Shtatlarning Ikkinchi banki — xususiy korporatsiya, lekin amalda hukumat homiyligidagi monopoliya atrofida sodir boʻlgan. Jekson unga qarshi chiqqanida esa bank bunga javoban kuch ishlatdi.

General Endryu Jekson o’zining qoʻshinlari bilan mudofaada / wikipedia.org

Bankda advokat boʻlib ishlagan Kley va Vebster kongressda uning imtiyozlarini qaytarib olish uchun kechayotgan kurashga yetakchilik qilgan. Jekson Martin Van Burenga: “Bank meni oʻldirmoqchi, lekin men uni oʻldiraman!” — deb aytadi. Jekson imtiyozlarni yangilash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini rad etdi va bankni ortiqcha iqtisodiy imtiyozlarga egalikda aybladi. Uning qarashlari Amerika elektorati (saylovchilar) tomonidan maʼqullandi,1832-yilda u umumiy ovozlarning 56 foizdan koʻprogʻini va Kleyga qaraganda deyarli besh baravar koʻp saylovchilar ovozini toʻpladi.Jekson oʻzini yuqori himoya bojlaridan xalos qilishga urinayotgan kuchlar rahbari — Jon Kaldvel Kalxunning muammosiga duch keladi. Janubiy Karolina bojni bekor qilishga majbur boʻlgan paytda Jekson Charleztonga qurolli kuchlarni yubordi va yashirin tarzda Kalhunga dorga osish bilan tahdid qildi. Kley murosaga kelguniga qadar zoʻravonlik avj oldi, keyin esa soliq tushirildi. Janubiy Karolina soliqni bekor qilishdan voz kechdi. 1832-yil yanvar oyida prezident doʻstlari bilan Oq uyda tushlik qilayotgan paytida kimdir uning qulogʻiga Angliya vazirligi lavozimiga Martin Van Burenning nomzodi qoʻyilishini senat rad etgani toʻgʻrisida pichirlaydi. Shu paytda Jekson oʻrnidan sakrab turib ketadi va xitob qiladi: “Abadiyat nomidan men ularni yanchib tashlayman!”. Shunday qildi ham. U istagan nomzod Van Buren vitse-prezident boʻldi va Old Hickory (Jekson) Ermitajga nafaqaga chiqqanida u prezident boʻlishga muvaffaq boʻladi. Jekson 1845-yil iyun oyida vafot etadi.



Manba: whitehouse.gov
Muqova suratlar: wikipedia.com / britannica.com