1
Ulashish
773 marta koʻrilgan
XIX–XX
Eklektizm
Eklektizm, eklektika (yunoncha: — tanlovchi) — turli xil, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarashlar, g’oya, nazariyalarning «eng yaxshisi»ni tanlab olishga intilish. Dastlab so’nggi yunon falsafasida paydo bo’lgan. «Eklektizm» terminini aleksandriyalik Potamon (2-asr) qo’llagan va oʻz maktabini eklektik maktab deb atagan. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va muhim bo’lmagan, asosiy va asosiy bo’lmagan xususiyatlari, ular o’rtasidagi bog’lanishlar yuzaki ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog’lanishlariga aniq, muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo’ladi. Tasviriy san’at va me’morlikda Eklektizm turli-tuman, o’zaro nomuvofiq badiiy unsurlarni birlashtirishdir. Odatda, yirik badiiy yo’nalishlarning inqirozi davriga xos.
Maqola tez orada toʻldiriladi.