5
Ulashish
891 marta koʻrilgan
230 mln yil avval
Dinozavrlar izlari va ularning qirilib ketishi
Dinozavrlarning yoppasiga qirilib ketishiga asteroid sababchi boʻlgani haqidagi qarash hammaga maʼlum. Bundan 65 million yil oldin yer sayyorasiga katta narsa urildi va chang-toʻzonlar yerga yogʻildi. Xuddi shu holat buyuk sudraluvchilarda ham kuzatildi. Shunday qilib, bu xuddi shunga oʻxshash turli dinozavrlarning yer yuzida koʻpayishiga olib keldi degan gʻoyada istehzoli tushunmovchilik bor. Bu Kolumbiya universitetidan Pol Olsen va uning Science jurnali hamkasblari tomonidan taklif qilingan tezisdir.
Qazilma qoldiqlaridan dinozavrlar ilk marta 230 million yil oldin — Trias davrida (Bu terminni fanga nemis olimi F.Alberti 1834-yilda kiritgan boʻlib, u Mezozoy erasining birinchi davri hisoblanadi. U bundan 230 mln yil avval boshlanib, 35 mln yil vaqt davom etgan) paydo boʻlganini bilish mumkin. Ammo ularning koʻpchiligi kichik boʻlgan va ular yerda boshqa koʻplab sudralib yuruvchilar bilan birgalikda yashagan. Aynan 202 million yil oldin boshlangan Yura davrida ular sayyorani bosib olib, “Yura davri parki” kitobi va filmida tasvirlangan yirtqich hayvonlarga aylandi (aslida ekranda paydo boʻlgan dinozavrlar hali ham yaqinroq boʻr davriga tegishli edi). Doktor Olsen va uning hamkasblari “dinozavrlar asteroid urilishi natijasida yerni meros qilib olgan” degan fikrni ilgari surgan birinchi odamlar emas. Ammo ularning birinchi boʻlib, yerni egallashi haqiqatan ham geologik jihatdan koʻz ochib yumguncha sodir boʻlganini koʻrsatdi.
Dinozavr skeletlari kamdan kam uchraydi. Shunga qaramay, ularning oyoq izlari hayratlanarli darajada koʻp topilgan va izlarning oʻlchami hayvonlarning qanchalik kattalikda boʻlganini xuddi skeletlarning oʻzi kabi yaxshi koʻrsatadi. Shuning uchun doktor Olsen va uning hamkasblari suyaklarga emas, izlarga eʼtibor qaratdi.
Ushbu oyoq izlari Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida, bugungi Sharqiy Afrikaning jarli vodiylari bilan toʻla makonida qoldirilgan. Zamonaviy Afrika jarli vodiylari singari “amerikancha” Trias/Yura vodiylarida koʻllar mavjud boʻlib, bu koʻllar yer orbitasidagi davriy siljishlar natijasida yuzaga kelgan iqlim oʻzgarishi tufayli muntazam ravishda kattalashib borardi (zamonaviy muzlik davri paydo boʻlishiga ham shunga oʻxshash hodisa sabab boʻlgan.) Bu muntazamlik maʼlum magnit minerallarning kichik maydonlarida aniqlanishi mumkin boʻlgan yerning magnit maydonidagi teskari oʻzgarishlar bilan birgalikda bu joy va davrdagi togʻ jinslarining bir necha ming yil ichida aniqlanishi mumkinligini anglatadi. Bonus sifatida koʻl qirgʻogʻidagi mayin loyqalar shunchaki oʻtayotgan hayvonlar izini muhrlab qoluvchi narsadir. Maqolaning oʻnta muallifi mehnatni oʻzaro taqsimlash orqali 80 ta joyda bunday izlarni oʻrganishga muvaffaq boʻldi.
Tadqiqotchilar shunga oʻxshash 18 ta ixnotaksonni (organizmning toshga aylangan ishiga asoslangan takson — artefaktning insonga xos boʻlmagan ekvivalenti) koʻrib chiqdi. Ular izlarning taniqli turlaridan boʻlib, bularni qoldirgan hayvon turiga aniq mos kelmas edi. Ammo hayvonlarning umumiy turiga mos kelishi mumkin edi va shu tariqa hikoya qilish uchun suyaklar boʻlmasa ham, bu guruh taqdirining koʻrsatkichi sifatida xizmat qiladi. Ixnotaksonlarning beshtasi Trias davri oxirigacha yoʻqoladi va toʻrttasi esa Yura davri chegarasidan dadil oʻtadi. Oltitasi esa chegarada yoʻq boʻlib ketadi yoki faqat uning boʻylab tarqalib ketadi. Yura boshlanishi bilanoq, u yerda hech qanday joydan ularni topib boʻlmay qoladi.
Bu chegaraning oʻzi eslatmalarga boy. Dinozavrlarning oʻlimiga sabab boʻlgan taʼsirning birinchi geologik koʻrsatkichi Boʻr davrining oxirida, hayvonlar qazilma qoldiqlaridan gʻoyib boʻlganida, toshlardagi iridiyning (juda ham qattiq, kumushrang metall) gʻayrioddiy yuqori darajasi edi. Iridium (kimyoviy element) odatda yer yuzasida kam uchraydi, lekin u meteoritlarga qaraganda koʻproq. Odamlar taʼsir nazariyasiga ishonishni boshlaganida, ular boshqa boʻr va anomaliyalarni (shubhali yoki oʻzgacha holat) qidira boshlaydi. Chegara qatlamining tepasida joylashgan jinslarda paporotnik (qirqquloq) sporalarining hayratlanarli darajada koʻpligi aniqlandi. Bu “paporotnik boshoq” deb nomlanuvchi hodisa edi.
Bu nazariyaga juda mos tushdi. Koʻpgina zamonaviy paporotniklar opportunistlardir (berilgan imkoniyatdan oʻz manfaati uchun foydalanib qoluvchilar). Ular barglari bor boʻlgan oʻsimliklar bilan raqobatlasha olmaydi, lekin yerning bir qismi, masalan, vulqon otilishi bilan tozalangan boʻlsa, ular koʻpincha oʻsha yerda koʻpayadigan birinchi narsadir. Asteroid urilishi yerning katta qismini — ekin qoplamini “tozalab” ketgan va bu paporotniklar uchun jannat hadya etgandek gap edi. Toshlardagi paporotnik boshoqlari dahshatli narsa sodir boʻlganidan dalolat beradi.
Trias oxiridagi toshlarda ham iridiy anomaliyasi, ham paporotnik boshoq uchraydi. Bu gʻoyib boʻlgan ixnotaksonlar bilan bogʻliq: ularni yaratgan mavjudotlar qirgʻinbarotdan omon qolmagan. Biroq yangi ixnotaksonlarning qanchalik tez paydo boʻlishi ajablanarli hol.
Doktor Olsen va uning hamkasblari bu oʻlchamlardagi tez oʻsishni izohlash — ekologik “xalos qilish” deb ataladigan hodisa boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu bugungi kunda sudralib yuruvchilar (hozirgi davrda ular kichik jonzotlar boʻlib) hech qanday raqobatchilarga duch kelmagan orollarga yetib borganda koʻzga tashlanadi. Eng ajoyib misol Indoneziyaning Komodo orolida boʻlib, u yerda mahalliy kaltakesaklar shunchalik kattalashganki, ularni koʻpincha “ajdarlar” deb atashadi. Boshqacha qilib aytganda, dinozavrlar faqat raqobatda yengib chiqqandagina rivojlanishi mumkin edi.
Bu taʼsir qayerdan paydo boʻldi degan savol yuzaga keladi. Yer qobigʻidagi hech qanday katta boʻshliq 202 million yoshga toʻgʻri kelmaydi. Bu, albatta, eʼtibordan chetda qolgan boʻlishi mumkin. Qadimgi kraterlar (vulqon ogʻzi) eroziyaga uchragan va koʻmilgan holatda, ularni topish esa har doim ham oson emas. Shu bilan bir qatorda, ular gʻoyib boʻlgan boʻlishi ham mumkin. Kontinental qobiq koʻproq yoki kamroq darajada barqaror boʻlsa-da, okean tubi doimiy ravishda kontinental siljishni keltirib chiqaradigan tektonik jarayonlar tomonidan qayta ishlanadi. 200 million yoshdan oshgan okean tubi mavjud emas, shuning uchun okeanda hosil boʻlgan krater hozirgacha yutib yuborilgan boʻlar edi.
Uchinchi ehtimol ham mavjud. Ushbu ehtimolga koʻra, krater maʼlum, ammo uning yoshi notoʻgʻri hisoblangan. Kvebek (Kanadaning janubiy-sharqiy qismidagi shahar) dagi krater boʻlmish Manikuagan “tuzilmasi” 214 million yoshda deb taxmin qilinadi. Bu juda katta — diametri taxminan 100 km va parchalangan kometa boʻlaklari yerga birin-ketin urilishi natijasida bir-biridan bir necha soat vaqt ketma-ketligi ichida paydo boʻlgan uch va besh kraterning eng kattasi boʻlib tuyuladi.
Muqova suratlar: unsplash.com / scoutlife.org