Orqaga
Devoniyning hayoti, mehnat faoliyati va jadidchilik harakatlari.

255 marta koʻrilgan

1883–1938

Devoniy

Devoniy (asl ism sharifi Muhammadkomil Ismoil Devon o’g’li) – shoir. Xivadagi Arabxon madrasasida taʼlim olgan, fors tili, xattotlik san’atini o’rgangan. Feruz saroyida birmuncha vaqt kotiblik qilgan. Sheʼrlarida zamona nosozliklarini tanqid qilgan, maʼrifatparvarlik g’oyalarini ilgari surgan. Shoir ijodiga Tabibiy va Laffasiylar yuqori baho berganlar. Devoniyning devonlari asl nusxalari O’zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 901, 906, 1142) va o’g’li Hamza Komilovning shaxsiy kutubxonasida hozirgacha saqlanib kelmoqda. Ushbu maqola orqali shoirning hayot yo’li va faoliyatiga yaqindan nazar tashlashingiz mumkin.