Orqaga

548 marta koʻrilgan

1435–1495

Davlatshoh Samarqandiy

XV asrning ko’zga ko’ringan adabiyotshunos olimlaridan biri Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh al-G’oziy as-Samarqandiydir. Uning tarjimayi holiga oid ma’lumotlar juda kam bo’lib, «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi») asarida keltirilgan ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda, u yirik harbiy xizmatchi va davlat arbobi oilasida tug’ilgan. Otasi Baxtishoh Shohrux Mirzoning amirlaridan bo’lib, ko’pgina harbiy yurishlarida qatnashgan va toj-u taxt sohibiga sadoqat va qahramonlik namunalarini ko’rsatgan. Uning «al-G’oziy» atalishi ham shundandir.