26
Ulashish
2049 marta koʻrilgan
XIII asr
Chigʻatoy ulusining tashkil topishi
1224-yilda Chingizxon tomonidan Chig’atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig’atoy ulusi tashkil topdi. Chig’atoyxonning ulusni boshqaradigan o’rdasi Elsuvi (Ili) daryosi bo‘yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig’atoy o’ziga bo’ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi. Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari davlat zabt etilmasidan ilgari Chingizxon huzurida xizmat qilgan Mahmud Yalavochga beriladi. U Xo’jand shahrini o’ziga qarorgoh qilib oladi va shu yerdan Movarounnahrni idora qila boshlaydi. Harbiy hokimiyat, aholini ro’yxatdan o’tkazish, soliq yig’ish ishlari dorug’achi va tavg’ach deb ataladigan mo’g’ul amaldorlari qo’lida bo’lar edi.



