Orqaga
Chaldiron jangi haqida.

2079 marta koʻrilgan

1514-yil

Chaldiron jangi

Chaldiron jangi — Usmonlilarning Safaviylar ustidan qozongan hal qiluvchi g’alabasi bilan yakunlangan jang. Jang natijasida Usmonlilar Sharqiy Onado’li va Shimoliy Iroq hududlarini Safaviylardan tortib olishgan. G’alaba Sharqiy Onado’liga dastlabki Usmonlilar bosqinining boshlanishi bo’lgan. Shuningdek, ushbu jang natijasida Safaviylarning g’arbga tomon bosqini to’xtatilgan. Chaldiron jangi 41 yillik halokatli urushning boshlanishi edi. U 1555-yilda Amasiya shartnomasi bilan yakunlangan.