Orqaga
Buyuk geografik kashfiyotlar haqida.

1100 marta koʻrilgan

XV–XVII

Buyuk geografik kashfiyotlar

«Buyuk geografik kashfiyotlar» atamasi XV asr oxiri – XVII asr o’rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan qo’llanadi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma’lum bo’lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. XV asr oxiridan boshlab quyidagi omillar buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’ldi. Birinchidan, XV asr oxiri – XVI asr boshlariga kelib, Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o’sa boshladi. Bu esa xomashyoga bo’lgan talabni oshirib yubordi.