3
Ulashish
1130 marta koʻrilgan
XIX–XX
Buyuk Britaniyaning ichki siyosati
Buyuk Britaniya ichki siyosatidagi keskin muammolardan biri — Irlandiya muammosi edi. Irlandiyaning ijaraga yer olib kun ko’ruvchi dehqonlari nihoyatda muhtojlikda yashashardi. Chunki yerlarni Britaniya lendlordlari o’zlariniki qilib olgandi. Ko’pchilik irlandiyaliklar tirikchilik ko’yida Amerikaga ko’chib ketdi. Ochlik, o’lim va ko’chib ketish natijasida aholi soni kamayib ketdi. 1875-yilda Buyuk Britaniyaning parlamenti deputati, olsterlik protestant, yer egasi Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni (gomrul) talab qildi. Shuningdek, u ijaraning qat’iy bo’lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olingan yerning qo’ldan qo’lga erkin o’tishini ko’zda tutuvchi agrar islohotni amalga oshirishni talab qilgan hamjamiyat — Irland muxolifat guruhini o’z atrofiga birlashtirdi.