Orqaga

757 marta koʻrilgan

XV–XVI

Buxoro xonligining tashqi siyosati

Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan Buxoro xonligi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning o’rnatilishi Bobur va Ko’chkunchixonlar nomi bilan bog’liq. Ko’chkunchixon hukmronligi davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi hamda u bilan savdo va elchilik munosabatlarini o’rnatdi. Ko’chkunchixonning elchisi xon tomonidan Boburga Movarounnahring mashhur mayizlaridan, subxoni o’riklaridan va boshqa noyob ne’matlaridan yetti tuyaga yuklangan sovg’a-salomlari qatorida tortiq qilingan 200 ta yaxshi ot olib kelganligi manbalarda qayd etilgan. O’z navbatida, Bobur ham Buxoro xonligiga elchilar yuborgan.