Orqaga

802 marta koʻrilgan

1868-yil

Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining oʻrnatilishi

Turkiston general-gubernatori fon Kaufman O’rta Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qo’lga kiritish bilan davom ettirishga qaror qildi. Amirlikning harbiy kuchi Qo’qon xonligi bilan uzluksiz olib borilgan urushlar, ichki nizolar, zamonaviy harbiy texnikada ortda qolishi tufayli zaiflashgandi. Fon Kaufman Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta o’rganib chiqib, amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o’zgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif qildi. Amir Muzaffar bu shartnomani imzolashdan bosh tortdi.