Orqaga

936 marta koʻrilgan

1917–1924

Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining ag‘darilishi. BXSRning tashkil topishi va faoliyati

Rossiyada podsho hokimiyatining ag’darilishi Buxoro amirligida ham ba’zi o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Buxoro hukmdori Amir Sayid Olimxon (1881–1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro davlatining mustaqilligini tan olgan. Amir hukumati Afg’oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar o’rnatgan. Rossiya–Buxoro munosabatlarida ham o’zgarishlar yuz bergan. Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi Rossiya hukumatining rezidenti deb ataladigan bo’ldi. Shuningdek, Buxoro amirligi hududidagi rus manzilgohlarida ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari paydo bo’lib, siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar kelib chiqqan.