Orqaga

988 marta koʻrilgan

XVIII–XIX

Buxoro amirligida madaniy hayot

Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayot rivojining qudratli to’sig’iga aylangan diniy mutaassiblik mang’itlar hukmronligi davrida yanada kuchaydi. Bu omil, birinchi navbatda, aniq-tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy mutaassiblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan har qanday kashfiyotni Xudoning irodasiga shak keltirish deb hisoblashardi. Shuning uchun ham uch o’zbek xonligida, jumladan, Buxoro amirligida aniq-tabiiy fanlar rivojlanmadi. Shu tufayli bu davrda asosiy asarlar tarix, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida yaratilgani bejiz emas edi.