Orqaga

713 marta koʻrilgan

XIX asr

Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida

Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga uning o’g’li Haydar o’tirdi (1800–1826). Ayrim viloyat hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalanib, markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka urinishgan. Biroq amir Haydar katta qiyinchiliklar bilan bo’lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini sindira olgan va markaziy hokimiyatga bo’ysundirgan. Aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko’paytirgan. Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar sonining oshishiga olib kelgan. Bu omil amirlik iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o’sishiga xizmat qilgan.