0
Ulashish
617 marta koʻrilgan
1123–1197
Burhoniddin al-Margʻinoniy
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy 1123-yil 23-sentyabrda tug’ilgan. U Qur’onni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh — islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo’lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din val-l-millal va Burhonuddin al-Marg’inoniy nomlari bilan mashhurdir. Burhonuddin al-Marg’inoniy dastlabki ta’limni Marg’ilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning o’sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo’lgan Samarqandga ko’chib borgan va umrining oxirigacha o’sha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin al-Marg’inoniy yoshlik chog’laridanoq Qur’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o’rgangan.