2
Ulashish
711 marta koʻrilgan
1526–1857
Boburiylar imperiyasi
Boburiylar davlati — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat. 1477-yildan boshlab Dehli sultonligida ichki nizolar avj olib, sultonlik inqirozga yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dehlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524-yillari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib qaytdi. 1525-yil Rano Sango oʻz raqibi Ibrohim Loʻdiyni yengish va shu tariqa Shimoliy Hindistonni qoʻlga kiritish maqsadida Bobur bilan ittifoq tuzdi. Bobur yana Hindistonga yurib, 1525-yil kech kuzida Panjobni boʻysundirdi. 1526-yilning aprel oyida esa Panipat yonida boʻlgan jangda Ibrohim Loʻdiyni yengib, Agra va Dehlini egalladi. Bobur ilgari fotixlar singari (masalan Mahmud Gʻaznaviy, Amir Temur va boshqa) Hindistonni tashlab chiqmay, shu yerda qolishga qaror qildi. U 1527-yilning mart oyida Sikri yonida boʻlgan jangda Rano Sangoni ham yengib, butun Shimoliy Hindistonni boʻysundirdi.