Orqaga

926 marta koʻrilgan

1941-yil

Bob Dilan

Oltmishinchi yillarida Amerika va Yevropa musiqiy olamiga Elvis Presli ortidan bir qator iqtidorli sanʼatkorlar kirib keldi. Ular orasida Bob Dilan ham bor edi. U oʻzining shaxsiy betakror uslubini yarata oldi, shu sababdan ijodi uzoq vaqt davomida saqlanib, turli davlatlarning koʻplab qoʻshiqchilariga taʼsir qildi.

Dilan Minnesota shtati, Dulutda tugʻilgan, mahalliy universitetdagi tahsili esa yakuniga yetmagan. Oʻz taxallusini oltmishinchi yillarning boshida, Nyu York barlarida qoʻshiqchi sifatida faoliyat koʻrsatgan, uelslik shoir Tomas Dilanning familiyasidan olgan. “Yangi” Dilan oʻzi uchun zamonaviy folklor va rok musiqani kashf qildi hamda bu uslubga keyinchalik ham sodiq qoldi. Chiqishlari muvaffaqiyatli boʻlishi uchun u mustaqil tarzda puflanadigan asbob, gitara, fortepianoni oʻzlashtirdi va ilk orkestr-odamlardan biriga aylandi.

Vaqt Dilanning taqdiriga va qoʻshiqlari xarakteriga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Oltmishinchi yillarning boshida u “Shamolda oʻynagan” (“Blowing in the wind”) va “Ular oʻzgartiradigan vaqt” (“Times they are changing”) qoʻshiqlarini yozadi. Ular fuqarolar huquqlari uchun kurashning oʻziga xos madhiyasiga aylanadi. Dilan “qarshilik koʻrsatish musiqasi” uslubini yarata oldi. Bu uslubda urush, din, siyosat va rasizm haqida qoʻshiqlar bor edi.

Vudi Gatriga taqlid qilgan vaqt, 1960—1966, 1971 va 1974-yillarda u Amerika boʻylab sayohat qilib, kambagʻallar va “tubanlikka” mahkum etilganlar haqida kuyladi. Birozdan keyin u Yevropa boʻylab gastrollar seriyasini boshlab berdi.

Bob Dilan ijodining oʻziga xosligi shundaki, u musiqadagi yangi navolarni anglay oladi. Oltmishinchi yillar oʻrtalarida rok asta-sekinlik bilan tarqala boshlaganda Dilan akustik asboblardan elektrik asboblarga oʻtib, elektrogitarada chalishni oʻrganib oldi. Bu vaqtga uning “Baland yoʻl” (1961), “Blond qizdagi blond” (“Blonde on Blonde”, 1966) kabi asarlari ayniqsa taalluqli. Dilan butun bir avlod gʻoyalarini ifodalovchisi ekanidan rok melomaniyasining targʻibotchisiligini taxmin qilsa boʻladi. Texnik jihatdan uning noodatiy obrazlar, gʻalati xarakterlar va matnosti maʼnoga boy musiqasi koʻplab musiqachilarga, jumladan, Beatles’dagi Lennon va Makkartniga ham taʼsir qilgan. Ovozidagi keskin boʻgʻiqlik bilan birga folklor va blyuz izlari ham saqlanib qolgan. Koʻplab musiqachilar Dilanning ayni shu ijodiy xarakteriga taqlid qilgan.

Dilan 1966-yilda mototsikl halokatidan moʻjizaviy tarzda omon qoladi. Shundan soʻng u oddiy musiqaga oʻtadi. Bu davr uchun uning asos qoʻshigʻi sifatida Nashville Skyline (1969) koʻrsatiladi. Yetmishichi yillarning oxiriga kelib, Dilan xristianlikni qabul qilgach yana oʻz ijodiy uslubini oʻzgartiradi. Endi unda diniy qiziqishlar aks etardi. Bularni “Sekin poyezdning yetib kelishi” (1979) qoʻshigʻi va “Muhabbat oʻqi” (1981) albomida koʻrish mumkin. Blood on the trucks, The basement tapes, Desire albomlari ancha mashhur.

Qizigʻi shundaki, sanʼatkor tasviriy yetuklikka intiladigan ijrochilar qatoriga kiradi. Eng kam tasviriy vositalar yordamida u yuksak taʼsirchanlikka erishadi. Uning uchun narsalarning kamxarj, nozik va chiroyli ekani muhim. Masalan, “Bon4e on Bon4e” albomida noaniq slayd qoʻllanilgan. Plastinka u bilan birga gʻaroyib tarzda ochiladi va tayyor poster hosil boʻladi. Funksional jihatdan bu noqulay boʻlsada, muxlislar ijrochining tayyor portretiga ega boʻlgan.

Yakkaxon chiqishlardan tashqari Dilan 1988-yilda The travelling wilburys guruhini tashkil qilish bilan oʻzini guruh asoschisi sifati ham sinab koʻrgan. Dilan oʻz qoʻshiqlarini nafaqat plastinkalar, disklar koʻrinishida, balki kitob shaklida ham eʼlon qilgan.

1966-yilda chiqqan Tarantula nomli birinchi toʻplamidan boshlab, yana va yana hayoti, ijodining maʼlum davrlariga bagʻishlangan qoʻshiqlar jamlanmasini e’lon qilib keladi. Dilan bir necha marta Gremmi nufuzli musiqiy mukofoti laureati boʻlgan. 1995-yilda kantri uslubidagi “Bu dunyoda hammasi oʻz joyida emas” (1993) qoʻshigʻi uchun shu mukofotga sazovor boʻldi. Bugun Dilan ijodiy izlanishlar bilan band. U Highway 61 interaktiv uslubidagi kompakt disklarda oʻz ijod namunalarini chiqarishni rejalashtirmoqda.

Qoʻshimcha manba: Дилан, Боб