Orqaga

1252 marta koʻrilgan

1917-yil

BMW

BMW nemischa soʻz boʻlib (Bayerische Motoren Werke GmbH), “Bavariya Dvigatellar zavodi“ MChJ (masʼuliyati cheklangan jamiyat) degan maʼnoni anglatadi. BMW 1917-yilda Myunxenning Rapp-Motorenwerke (samolyot dvigatellari ishlab chiqaruvchi korxona) firmasidan kelib chiqqan.

“Otto Flugmaschinenfabrik” samolyot ishlab chiqarish korxonasi (chapda). “Rapp-Motorenwerke”, reklama varaqasi, 1916-yil (oʻrtada). 1914-yilda Gustav Otto Flugmaschinenfabrik tomonidan ishlab chiqarilgan samalyot / wikipedia.org

Kompaniya 1922-yilda BMW AG nomi bilan qayta tashkil etilishidan oldin, 1920-yilda Knorr-Bremse AG tarkibiga kiritilgan. U 1916-yilda tashkil etilgan Bayerische Flugzeugwerke AG (Bavariya samolyot zavodi) kompaniyasining vorisi edi. BFW tashkil topgan sana 1916-yil 7-mart boʻlib, u Bayerische Motoren Werke AGʼning tashkil topgan sanasi sifatida tarixda qoldi. BMWʼning ilk logotipi 1917-yilda yaratilgan. U koʻk va oq ranglarni oʻz ichiga oladi, bu Bavariya davlat ranglarini aks ettiradi. Yillar davomida logotip bir nechta oʻzgarishlarga duch keldi, ammo u hali ham tub ildizlariga sodiq holda oʻzining asl koʻk va oq ranglarini saqlab qoldi.

1910–2020-yillar davomida BMW logotiping oʻzgarish revolutsiyasi / bmw.com

BMW 1922-yilda oʻz ishlab chiqarish zavodini Myunxen yaqinidagi mashhur Oberwiesenfeld (Germaniyaning Bavariya shtati Myunxen shahrida joylashgan) aerodromiga koʻchirdi. Ushbu ishlab chiqarish zavodi oxir-oqibat butun BMW guruhining bosh qarorgohiga aylanadi. Bugungi kunga qadar Myunxendagi shtab-kvartirada har yili 200 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi va 9 000 dan ortiq xodim ishlaydi.

BMW 1923-yilda oʻzining birinchi metamorfozini (rivojlanish natijasida boshqa koʻrinishga oʻtish) samolyot dvigatellarini ishlab chiqarishdan mototsiklgacha kengaytirgandan boshladi. Ushbu oʻzgarish kompaniya uchun katta qadam boʻldi. Oʻtishdan oldin BMW dvigatellarni faqat mustaqil qism sifatida ishlab chiqargan. Endi esa ular butun bir mashina ishlab chiqardi. Ularning birinchi mototsikli R32 deb nomlanishi eʼlon qilindi. Dizayn shunchalik samarali deb hisoblanganki, 1923-yildagi asl konsepsiya hozirgi kungacha BMW mototsikllarida qoʻllanadi.

Oʻsha paytda Germaniyada joylashgan uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya boʻlgan Eisenach avtomobil zavodini sotib olgandan soʻng BMW oʻzining birinchi avtomobili ustida ishlay boshladi. Kompaniya Myunxendagi zavodida avtomobil ishlab chiqarish oʻrniga Markaziy Germaniyadagi sobiq Eisenach avtomobil zavodidan foydalanishga qaror qildi. BMW birinchi ishlab chiqarilgan avtomobili uchun ilhomni Ostin Motor kompaniyasidan olingan dizayndan topdi. BMW 1932-yilgacha bunday usullarga tayangan holda, shaxsiy brendiga xos boʻlgan avtomobilni yaratish uchun oʻz modellaridan foydalangan.

Ikkinchi jahon urushi Yevropani qamrab olgan bir paytda BMW nemis urush mashinasi uchun materiallar ishlab chiqarishni boshladi. Oʻsha paytda BMWʼning urush materiallarini ishlab chiqarishga oʻtishiga oddiy hol deb qaralgan edi. Bu davrda kompaniya butun vaqt va resurslarini nemis armiyasi uchun samolyot va mototsikllar ishlab chiqarishga bagʻishladi.

BMW 1951-yilda urush boshlanganidan beri oʻzining birinchi avtomobilini ishlab chiqarish orqali omon qolganini isbotladi. Ushbu avtomobil “501” deb nomlangan va olti kishi qulay tarzda oʻtirishi mumkin boʻlgan, katta ichki saloni bilan mashhur edi. 501 dastlab hashamatli avtomobil sifatida sotilgan, ammo oxir-oqibat u muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Muvaffaqiyatsiz boʻlishiga qaramay, 501 BMWʼga faoliyatini tiklashiga imkon berdi va kompaniyaning eng yaxshi avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida obroʻsini tikladi. BMW nafaqat oʻzining yuqori sifatli ishlab chiqarish standartlari bilan mashhur, balki u avtomobil ishlab chiqarish tizimlariga eng soʻnggi texnologiyalarni kiritishi bilan ham tanilgan edi. 501 1958-yilgacha, BMW uni ishlab chiqarish tizimlaridan olib tashlashga qaror qilguniga qadar “yashashda” davom etdi.

Daimler-Benz kompaniyasi 1959-yilda BMWʼni sotib olishga harakat qildi. BMW aksiyadorlari yil oxiriga kelib bu taklifni rad etishga qaror qildi. Qayta tiklangan Germaniya hukumati tomonidan ajratilgan naqd pul yordami va boshqaruvga qoʻyilgan yangi menejer bilan BMW qaytadan shakllantirildi. Kompaniyaga hozirgi mavqeiga erishishi uchun 15 yil kerak boʻldi va bu oson kechmadi.

Shu paytgacha BMW ikkita Jahon urushidan omon qoldi va buning natijasida har qachongidan ham kuchliroq kompaniyaga aylandi. Endilikda kompaniya uning mavjudligiga tahdid soladigan urushlarsiz gullab-yashnay boshladi. Ushbu davr 60–70-yillarga toʻgʻri keldi. Kengayish BMWʼning asosiy yoʻnalishi edi. Ular oʻz maqsadlariga koʻp jihatdan erishdi. BMW oʻzining oʻsish davrini 1971-yilda BMW Kredit moliyaviy shuba tashkilotini yaratish orqali boshladi. Oʻsha paytda kompaniya oʻz oʻsishini moliyalashtirish uchun butun dunyo boʻylab oʻsib borayotgan BMW dilerlik markazlarini qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga olgan tashkilotga muhtoj edi. BMW Kredit oxir-oqibatda oʻsha paytda boshlangʻich bosqichida boʻlgan avtomobil lizingi bozorini rivojlantirish va kengaytirishga yordam berdi.

Kompaniya faoliyati endigina avjiga chiqayotgan edi. Ular 1972-yilda Janubiy Afrikadagi Pretoriya yaqinidagi Rosslin shahrida oʻzining birinchi xorijdagi ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi. Qurilish ishlari tugallangach, u 1700 dan ortiq xodimni ish bilan taʼminladi va har yili 53 000 dan ortiq BMW 3 seriyali avtomobillarni ishlab chiqardi. Bu vaqt ichida Janubiy Afrika aparteiddan (qora tanlilarni oq tanlilardan ajratish, kamsitish) keyin tiklanayotgani sabab vaqtlar noaniq edi. BMW kamsitishlarga qarshi qonunlar chiqarishga ishonch hosil qildi va ishchilariga adolatli ish haqi toʻladi.Kompaniya, shuningdek, mahalliy agentliklar bilan ham ishlagan va hududdagi mahalliy maktablarga yordam bergan.

Kompaniya 1972-yilda oʻzining eng yangi BMW Motorsport shuba korxonasini ishga tushirdi. BMW Motorsport oʻzining eng yuqori standartlari bilan tanilgan va oʻz avtomobillarining kuchi, sifati bilan eʼtirof etila boshlagan. Yangi mashhurligi bilan BMW kompaniya yoʻnalishini oʻzgartirdi va oddiy odamlar uchun sport avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. BMW Motorsport shuba korxonasining favqulodda muvaffaqiyatidan soʻng BMW Mountains, Yachtsport va Golfsport kabi yangi tuzilmalar bozorga yuqori sifatli ishlashga asoslangan avtomobillarni taqdim qila boshladi.

Oʻn yillar davomida BMW nomi hashamat sinonimiga aylandi. Oʻzining sedanlari (yuk qoʻyish joyi alohida boʻlgan usti yopiq avtomobil) va sport avtomobillari bilan BMW avtomobilsozlik sanoatining eng muhim poydevorlaridan biri sifatida eʼtirof etila boshlandi. Ularning tafsilotlarga boʻlgan eʼtibori boshqa narsalar qatorida bozorda oʻz ahamiyatini topdi. BMW oʻzining dadilligi va zukkoligi bilan ham mashhur edi. Misol uchun, 1990-yilda kompaniya avtomobil sanoatida birinchi boʻlib Myunxenda tadqiqot va innovatsiya markazini ochdi. Muassasa muhandis, menejer, olim, dizayner va boshqa innovatsion xodimlar armiyasini hamkorlik qilish hamda hashamatli avtomobillarni yaratish uchun qabul qildi.

BMW 1994-yilda nihoyat Qo’shma Shtatlarda do’kon ochdi. Bu yangi harakat kompaniyaga o’zining global faoliyatini kengaytirish va shu bilan birgalikda eng katta iste’molchining hovlisida avtomobillar ishlab chiqarish imkonini ham berdi. Birinchi zavod Spartanburgda (Janubiy Karolina) qurilgan va butunlay Z3 kobroletini (tomi ochiq, ikki oʻrindiqli mashina) ishlab chiqarishga bag’ishlangan edi. Bugungi kunga qadar zavod Z3, shuningdek, X3, X5 va X6 ishlab chiqarishni davom ettirmoqda.

BMW tomonidan 1994-yilda Britaniyada joylashgan Rover Group kompaniyasi ham sotib olingan. Rover Group Mini, Mg va Land Rover kabi sport avtomobillari bilan mashhur edi. Dastlab, BMW Rover Group bilan bogʻliq katta rejalarga ega edi, ammo ular oxir-oqibat 2000-yilda guruhni sotib, Mini modelini oʻz maqsadlari uchun saqlab qoldi.

BMWʼning boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarni sotib olish istagi shu bilan tugab qolmadi. 1998-yilda kompaniya Rolls-Royce guruhini sotib oldi. Shuningdek, BMW Rolls-Royce avtomobillariga nom berish huquqini ham, brend egaligini ham qoʻlga kiritdi.

Ikki Jahon urushidan omon qolgan BMW yashab qolish istagi bilan faol, hayotiy tashkilot ekanini isbotladi. Yangi asrga qadam qoʻygan BMW yana bir bor oʻsish va oʻzgarishga eʼtibor qarata boshladi. Kompaniya Rover guruhining soʻnggi mulki — Miniʼni avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurish orqali ishga tushirdi. Vaqt oʻtishi bilan Mini butun dunyoda mashhur boʻldi. Bu haqiqatan ham shu qadar mashhur boʻldiki, talabni qondirish uchun ishlab chiqarish 150 foizga oʻsishi kerak edi.

BMW uchta yangi ishlab chiqarish zavodini ochish orqali global imperiyasini yanada kengaytirdi. Bu BMWʼning hech qachon yoʻq boʻlib ketmasligiga ishora edi. Gudvudda 2003-yilda Rolls-Royce zavodi ochildi. Koʻp oʻtmay, Xitoyning Shenyang shahrida yangi korxona ish boshladi. Nihoyat, oxirgi zavod Germaniyaning Leypsig shahrida ochildi. Eng yangi nemis zavodi arxitektura moʻjizasi sifatida koʻrib chiqildi va ochilganidan soʻng yilning Germaniya arxitektura mukofotiga sazovor boʻldi.

Bugungi kunda BMW kelajakka oʻzining asosiy tamoyillari boʻlmish — oʻsish, texnologiya va rentabellik (foyda yoki daromad olish) bilan qarashda davom etmoqda. Shuhratparast avtomobillar guruhi 2020-yilga borib, sanoatda hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya boʻlishni rejalashtirganini daʼvo qildi. Bunday shuhratparast avtomobillar guruhining avtomobil egalari tirnalish, chang, atrof-muhitning shikastlashi, ultrabinafsha nurlar va erta eskirishga olib keladigan boshqa xavflardan himoya qilish uchun BMW yopqichlarini tanlashi kerak. Shuningdek, BMW 5 Series va BMW 328i uchun avtomobil qoplamalarini ham tekshirib chiqishi mumkin. Kompaniya yaratilganidan beri koʻplab qiyinchiliklarga duch keldi. Ular insoniyat tarixining eng ogʻir davrlarini sabr-toqat bilan boshdan kechirdi, hech qachon toʻxtamadi va oʻz biznesini yaxshilashga intilishda davom etdi. XXI asr har qachongidan ham kuchliroq, tezroq va nozik tashkilotni joriy qildi va BMWʼni dunyodagi yetakchi hashamatli avtomobil brendlaridan biri sifatida yangi choʻqqilarga olib chiqdi.



Manbalar: wikipedia.org / carcovers.com
Muqova suratlar: pexels.com / unsplash.com