16
Ulashish
1130 marta koʻrilgan
1998-yil
Bluetooth
Bluetooth soʻzini oʻqiboq koʻpchiligimiz bir zumda oʻrtasida oq belgisi bor, koʻk logotipni tasavvur qilamiz. U bizning hayotimizga juda koʻp qulaylik qoʻshadigan, bizni minglab kabellar zanjiridan xalos qiluvchi texnologiyaning bir qismidir. U shunchalik keng tarqalganki, biz unga eʼtibor ham qilmaymiz. Bluetooth qurilmalar va ularning aksessuarlari oʻrtasida simsiz ulanishlar uchun sanoat standarti boʻlib kelgan. Lekin uning kelib chiqishi qanday va bu gʻalati nomni qayerdan olgan? Bu — Bluetoothʼning qisqacha tarixi.
Keyinchalik Bluetooth deb nomlanadigan qisqa aloqa radio texnologiyasini ishlab chiqish aslida 1989-yilda boshlangan. Bu Ericsson Mobile kompaniyasi tomonidan simsiz quloqchinlar uchun yechim topish paytida boshlangan edi. 1997-yilgacha, ular samarali yechimga ega boʻlgunga qadar hamma yoʻlni bosib oʻtgan. Oʻsha yili kompyuter giganti boʻlmish IBM kompaniyasi Ericsson kompaniyasi bilan bogʻlandi, IBM mobil telefonni ThinkPadʼga bir butun qilib biriktirmoqchi edi. Ikki kompaniya bu gʻoya ustida ishlashga kirishib ketdi, ammo hozirgi uyali telefon texnologiyasi yaroqli holatga kelguniga qadar juda ham koʻp kuch talab qiladi degan xulosaga keldi. Yechim sifatida Ericsson qoʻshma kompaniyalarning yangi qisqa aloqa texnologiyasini Ericsson telefonlari va IBM ThinkPadʼlarga integratsiya (birlashtirish) qilishni taklif etdi. Kompaniyalar uni ochiq sanoat standartiga aylantirishga rozi boʻldi va IBM koʻproq sanoat yetakchilarini jalb qilish uchun Intel, Nokia va Toshiba kompaniyalari bilan bogʻlanishda davom etdi.
Bugungi kunda 36 000 dan ortiq kompaniyalarni oʻz ichiga olgan Bluetooth maxsus qiziqish guruhining paydo boʻlishiga olib keldi. Dastlabki tijorat Bluetooth qurilmalari 2001-yilda Ericssonʼning T39 va IBMʼning ThinkPad A30 telefon aloqa vositalariga oʻrnatildi. Bluetooth nomi aslida Intel kompaniyasidan boʻlmish Jim Kardach tomonidan taklif qilingan. U mashhur viking qiroli Xarald Blatanddan ilhom olgan, uning ismi lugʻaviy jihatdan Xarald Bluetooth deb tarjima qilingan. Xarald Blatand odamlarni birlashtira olish qobiliyati bilan mashhur boʻlgan va u taxminan 940-yillardagi ilk qirol hisoblanadi. U Norvegiya, Denmark, Janubiy Shvetsiya va hattoki Polshaning ayrim qismlarini birlashtirgan ilk viking qiroli edi. Bu ismni tanlashdan koʻzlangan gʻoya shundan iborat ediki, Xarald Blatand xalqlarni birlashtirganidek, bu aloqa vositasi ham odamlarni birlashtira olsin.
Xarald nima uchun oʻziga aynan Bluetooth laqabini tanlagani 100 foiz aniq emas. Bitta umumiy nazariya shuki, uning tishlaridan biri chirigan va rangi ham koʻkarib ketgan boʻlgan. Keyingisida esa bu laqab uning mashhur qilichidan kelib chiqqan deyiladi. Vikinglarda qilichga nom berish odatiy hol hisoblangan va “tooth” esa koʻpincha ana shu nomning bir qismi boʻlgan. Xaralddek mashhur viking qirolini koʻkish rangli poʻlatdan yasalgan, oliy sifatli qilichi bor boʻlgan va uning nomi Bluetooth edi.
Dastlab vaqtinchalik toʻldiruvchi nom
Avvaliga Bluetooth nomi loyiha uchun vaqtinchalik toʻldiruvchi nom sifatida koʻrildi va loyiha ishga tushgach boshqa jiddiyroq nom bilan almashtirilishi kerak edi. Marketing jamoasi PAN (shaxsiy tarmoq maydoni) va Radiowire nomlarini taklif qildi. Avvaliga PAN maʼqul keldi, biroq keyin internetdan qidirish paytida bu nom allaqachon ommalashib boʻlgani aniqlandi. RadioWire esa unchalik yaxshi boʻlmadi, chunki mualliflik huquqi bilan bogʻliq vaziyatni loyihani ishga tushirish vaqtida hal qilib boʻlmaydi. Shunday qilib Bluetooth nomi shunchaki oʻzgartirilmay qoldi.
Mashhur Bluetooth logotipi ham Xarald Blatanddan kelib chiqqan. Dizaynerlar viking qiroli ismining bosh harflarini hosil qilgan run belgilaridan ilhom olgan. Hagall ᚼ va Bjarkan ᛒ runlari bitta runga birlashtirildi. Agar siz ularni mantiqiy ravishda bir-birining ustiga qoʻysangiz, ular hozirda mashhur boʻlgan Bluetooth logotipini qanday shakllantirganini koʻrishingiz mumkin.
Texnologiyadagi yangi yutuqlar bilan Bluetooth endi CD yoki tasma (lenta) bilan solishtirilganda yuqori siqish tezligida ham baʼzi aqlli qurilmalarni boshqarish, fayllarni yuborish va yuqori aniqlikdagi audioni uzatish uchun ishlatilishi mumkin. Bu yaxshilanishlarning barchasi yigirma yildan koʻproq vaqt ichida sodir boʻlgani tufayli simsiz texnologiyalarni kelajakda nima kutayotganini hech kim bilmaydi.
Manba: ruggedinformer.com Muqova surat: wikipedia.org