Orqaga

1021 marta koʻrilgan

1914–1918

Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning Turkistonga ta’siri

XX asrning boshlarida jahondagi yirik davlatlarning mustamlakalarga ega bo’lish masalasida o’zaro munosabatlari keskin ko’rinish oldi. Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq — Antanta tomonida turib urushda qatnashdi. Rossiya imperiyasining Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uni iqtisodiy jihatdan yomon ahvolga solib qo’ydi. Busiz ham G’arbiy Yevropa davlatlaridan taraqqiyoti ancha orqada qolib ketgan Rossiya urush tufayli yanada nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada podsho hukumati o’z mustamlakalaridan, jumladan, Turkiston o’lkasidan ham yanada ko’proq foyda olish uchun ularning tabiiy boyliklarini ko’proq o’zlashtirishga jon-jahdi bilan kirishdi.