7
Ulashish
1313 marta koʻrilgan
1945-yil
Bermud uchburchagi jumbogʻi
Atlantika okeanida maydoni uncha katta boʻlmasa-da, boshqa okean mintaqalariga qaraganda anchagina mashhur boʻlgan hudud bor. Bu taxminiy uchburchakning bir uchi Bermud orollariga, bir uchi Florida yarim oroliga yana bir uchi esa Puerto-Rikoga tutashadi. Bermud uchburchagi deb nom olgan bu hudud nafaqat Atlantika okeanidagi, balki butun yer yuzi okeanlaridagi eng jumboqli va xavfli joy hisoblanadi.
Bundan yarim asr oldin, aniqrogʻi 1945-yilning 5-dekabrida ayni shu joyda Amerika armiyasiga qarashli 6 ta samolyot gʻoyib boʻladi. Na samolyotning, na halok boʻlgan 27 nafar kishining xabari topiladi. Hech qanday iz yoʻq edi. Bu voqeadan keyin uchburchak hududida sodir boʻlan barcha halokatlar jiddiy oʻrganila boshlaydi va shu bilan oʻtgan asrning afsonasiga aylangan muammo yuzaga chiqadi.
Oldin ham bu hududda turli halokatlar sodir boʻlib turgan, lekin ularda voqea maydoni kvadrat yoki oval shaklida boʻlgan. Lekin Bermud uchburchagida halokatlar tez-tez va gʻayritabiiy tarzda sodir boʻladi. Ularning bari Charlz Berlits degan odam tomonidan kitob qilib yozilgan va bu narsa afsonaning tugʻilishiga asos boʻlgan. Berlits surgan eng asosiy daʼvo bu yerdagi hodisalarni aniq sabablar bilan isbotlab boʻlmasligi edi.
1945-yilning 5-dekabrida yuz beran hodisa haqiqatan ham ajablanarli edi. Shu kuni ertalab Ford-Loderdeyl harbiy-havo bazasidan 19-qiruvchi zvenoning 5 ta “Evenjer” samolyoti 14 ta ekipaj aʼzosi bilan uchib chiqadi. Ularning vazifasi AQSh hududiga tegishli boʻlgan suv havzasini tekshiruvdan oʻtkazish edi. Biroq samolyotlar bazaga qaytib kelmaydi, radistlarning oxirgi olgan axboroti shu edi “Biz qayerdaligimizni bilmaymiz. Aftidan…” Oʻsha kuni havo ochiq, uchuvchilar katta tajribaga va stajga ega edilar. Keyingi qidiruv ishlari ham samara bermaydi, aksincha, 13 nafar ekipaj aʼzosi bilan birgalikda “Mariner” samolyoti ham aynan oʻsha joyda — Bermud uchburchagi hududa gʻoyib boʻladi.
Belits va keyinchalik boshqa mualliflar ham bu kabi oʻnlab halokatlarni misol qilib keltiradi. Halokatlar bitta prinsipga asoslanardi — kema yoki samolyot qulay ob-havo sharoitiga qaramasdan izsiz yoʻqolardi. Kemalar topilgan taqdirda ham unda birorta tirik jon boʻlmasdi.
19-zveno bilan sodir boʻlgan sirli voqea shunday tushuntiriladi: uchuvchilar qandaydir nomaʼlum joyga tushib qolgan va haliyam oʻsha yerda kun kechiryapti. Ular qandaydir vaqt tez oʻtadigan makonda va qachondir biz ularni yana uchratamiz! Bermud uchburchagida gʻayrioddiy magnit tortishuvi bor va u sababli samolyot kompaslari notoʻgʻri ishlagan. Uchuvchilarni boshqa sayyoraliklar oʻgʻirlab ketgan boʻlishi kerak…
Oxir-oqibat: “Aslida, bu yerda hech qanday gʻayritabiiy narsa boʻlmagan, faqat kema va samolyotlarning halokati boshqa joylardagiga qaraganda koʻp uchraydi, xolos. Kemalarning odamlari bilan yoʻqolishi bu hududda qaroqchilik avj olib ketgani bilan bogʻliq. Gʻoyib boʻlgan dengizchilar haqidagi dahshatli tafsilotlar, kapitan stolidagi kofe chashkasining oʻz-oʻzidan yonib ketishi kabi vahimalar sariq matbuotning uydirmalaridan boshqa narsa emas”, degan qarorga kelinadi.
19-zvenoning siri ochilmasdan qoladi. Samolyotlarning texnik holati yomon boʻlgani yoki kimdir urib tushirgani haqidagi faraz hech kimning kallasiga kelmaydi. Balki bu narsa baza ofitserlari tomonidan biror-bir sirni yashirish uchun oʻylab topilgandir…
• • •
Bermud uchburchagidagi halokatlar statistikasi
1945-yilning 5-dekabri. 14 nafar ekipaj aʼzosi bilan uchgan 5ta “Evenjer” va uni qidirgani 13 kishilik ekipaji bilan chiqqan “Mariner” samolyoti halokatga uchradi. Asosiy taxminga koʻra barcha samolyotlar bir vaqtda boshqaruvni yoʻqotgan.
1948-yilning yanvari. Bermud orollari — Azor orollari reysi bilan uchgan Angliyaning “Star tayger” samolyoti, keyinroq esa Azorga borishi kerak boʻlgan yana bir samolyot — “Star Eriel” ham gʻoyib boʻladi. Ikki samolyot ham xuddi 19-zvenoda boʻlgani kabi normal ob-havo sharoitida toʻsatdan aloqani yoʻqotadi.
1954-yil. “Super Konstelleyshn” samolyoti va oltingugurt yuklangan “Sautern Diskrikt” kemasi dom-daraksiz ketdi. Nomalum sabablarga koʻra hech qanday axborot kelmagan. Radistning taxminiga koʻra unga qaroqchilar hujum qilgan.
1955-yil. Yoʻqolgan “Konnemara-IV” kemasi ekipajsiz topildi. Peredatchik soz holatda edi. Ekipajdan tashqari vaxtaning navbatchilik jurnali, seyfdagi boshqa hujjatlar va pul ham gʻoyib boʻlgandi. Biroq seyf yopiq holda topilgan.
1962-yil. Benzin tashuvchi KV-50 kemasi 9 nafar ekipaj aʼzosi bilan birga izsiz ketdi. Yana oʻsha holat — radioaloqa kutilmaganda uzilgan.
1965-yil. S-119 harbiy-tashuvchi samolyoti halokatga uchradi.
• • •
Bermud uchburchagi haqidagi afsonaning paydo boʻlishi ancha vaqt oldingi sirli fojealarni ham oʻrganishga olib keldi. 1909-yili bu uchburchak hududida “Sprey” yaxtasi izsiz ketgandi. Uni taniqli dengizchi Joshua Slokam boshqargan. U yer yuzini kemada bir oʻzi aylanib chiqqan va dong qozongandi. Tanish-bilishlarining koʻrsatmasiga koʻra, dongdor uncha-munchaga halokatga uchrashishi mumkin emasdi. 1918-yilda “Siklop” uglevozi 309 nafar (!) ekipaji bilan yoʻqoladi. “Siklop” radioperedatchik bilan taʼminlangan dastlabki kema edi, biroq SOS signali negadir yetib kelmagan. Na oʻlganlarning tanasi, na halokatga uchragan kema haqida biror maʼlumot topilgan. Bundan ham ancha oldin 1781-yildan 1812-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida 4 ta Amerika harbiy kemasi sirli ravishda gʻoyib boʻlgandi.
Bermud uchburchagida har yili bir necha kema va 1–2 ta samolyot halokatga uchraydi. Uchburchak orqali Karib dengizidagi kurort orollariga oʻtadigan oʻnlarcha avialiniya bor. Bu hududda tez-tez tayfun-toʻfonlar sodir boʻlib turadi, sohil atrofida sayozliklar va marjon riflari koʻp. Bir qancha samolyot va kemalarning halokati hali-hanuzgacha sir boʻlib qolyapti.
Maqola oriftolib.uz saytidan olindi. Original maqola: Bermud uchburchagi jumbogʻi. Muqova surat: history.com