Orqaga

513 marta koʻrilgan

1827–1900

Berdaq

Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat shoiri, asl farzandidir. XIX asrda yashab ijod etgan. Shoirning asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli bo’lib, Berdaq uning taxallusidir. Mutafakkir to’g’risida ma’lumotlar kam saqlanib qolgan. Uning tarjimayi holi va ijodiga oid ma’lumotlarni, asosan, o’zining asarlarida uchratish mumkin. U Orol dengizining janubida joylashgan Mo’ynoq tumanining Oqqal’a degan joyida dunyoga kelgan. Berdaq o’n yoshligidayoq otasi Qarg’aboy Bo’ronboy o’g’li va onasidan ayrilgach, amakisi Qo’chqorboyning qo’lida tarbiya ko’ra boshlaydi.