Orqaga
Beovulf asarining taxminiy yozilgan davri.

948 marta koʻrilgan

700–750

Beovulf asarining yozilish tarixi

Beovulf asarining taxminiy yozilgan davri Beovulf — hozirgacha saqlanib qolgan german eposlarining eng qadimgisi va qadimgi ingliz poemasining eng uzuni hamdir. Asar taxminan 700-750-yillar orasida yaratilgan. Qadimgi ingliz sheʼriyatining boshqa buyuk asarlari sirasiga “Sayyor”, “Dengizchi”, “Maldon jangi” va “Rud haqidagi tush” kabilar kiradi. Bu sheʼriyat alliterativ boʻlib, oʻziga xos xususiyatlaridan biri – kenning, yaʼni oddiy ot soʻz turkumi oʻrnida metaforik iboraning ishlatilishidir (masalan, «dengiz» deyish oʻrniga «oqqushning yoʻli» deyish, bizda tasviriy ifoda sifatida maʼlum).

Beovulf asarining taxminiy yozilgan davri.

Beovulf qahramonlik dostonining birinchi qismi / wikipedia.org

Qadimgi inglizlarning birinchi nasroniy shoiri hisoblangan Kedmon va Kinevulf bu davrning ikki taniqli shoiri hisoblanadi. Qadimgi ingliz sheʼriyati toʻrtta qoʻlyozmada: Ekseter kitobi, Yunius qoʻlyozmasi, Verchelli kitobi va Beovulf qoʻlyozmasida deyarli toʻliq saqlanib qolgan. Beovulf – qahramonlik poemasi boʻlib, qadimgi ingliz adabiyotining eng yuqori choʻqqisi va eng qadimgi Yevropa xalq eposi sanaladi. Asar 6-asr boshidagi voqealarga bagʻishlangan boʻlib, yozilish sanasi aniq boʻlmasa-da, baʼzi olimlar uni 8-asrda yozilgan deb hisoblashadi.

Dastlab poema nomlanmagan, keyinchalik esa asar Skandinaviya qahramoni Beovulf sharafiga nomlangan, chunki uning obrazi va yutuqlari asar qismlarini bogʻlovchi chiziqni tashkil etadi. Tarixan Beovulf ismli shaxs haqida hech qanday maʼlumot yoʻq, lekin asardagi baʼzi belgilar, joylar va voqealar tarixiy jihatdan mavjud boʻlishi mumkin. Asar 1815-yilgacha bosma nashrlarda mavjud boʻlmagan. Uning 1000 yillarga borib taqaladigan yagona qoʻlyozmasi mavjud boʻlib, Beovulf qoʻlyozmasi sifatida tanilgan.



Manba: britannica.com  
Muqova surat: freepik.com