Orqaga
Barlos urugʻining rahbari.

849 marta koʻrilgan

1360-yil

Barlos urugʻining rahbari

TemuriyIar bosqini XIV asrning 70-yillarida Amir Temur Chigʻatoy xonligi ustidan nazorat oʻrnatganida boshlandi. XV asrda Amir Temurning vafot etishi esa bu bosqinga yakun yasaydi. Amir Temurning janglari keng miqyosda boʻlib oʻtgani, shuningdek, urushda magʻlubiyatga uchramasligi uning barcha davrlardagi eng muvaffaqiyatli harbiy qoʻmondonlardan biri boʻlganini tasdiqlaydi. Kurash natijasida Temur Markaziy Osiyo, Fors, Kavkaz, Levant, Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropaning baʼzi qismlarini bosib oladi.

Bundan tashqari, qisqa vaqt davom etgan Temuriylar imperiyasi ham ayni shu davrda barpo boʻldi. Olimlarning fikricha, uning harbiy yurishlari 17 mln insonning hayotiga zomin boʻlgan. Bu oʻsha vaqtdagi dunyo aholisining taxminan 5 foizi deganidir.

Balx jangida Chigʻatoy xonligining oʻsha vaqtdagi muvaqqat hukmdori Amir Husayn ustidan zafar qozongan Amir Temur Gʻarbiy Chigʻatoy xonligi (Movarounnahr) ustidan nazorat oʻrnatadi. Ammo Chingizxon oʻrnatgan qonunga koʻra, Amir Temur yakka xoqon boʻla olmaydi. Chunki u Chingizxonning bevosita avlodi emas edi. Shuning uchun Oʻqtoyxonning avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmishxonni “qoʻgʻirchoq” xon etib tayinlaydi. Shundan soʻng u barcha yoʻnalishlarda yirik harbiy yurishlar olib borib, Markaziy Osiyo va Oʻrta Sharqning katta qismi ustidan hukmronlik oʻrnatadi. U xoqon yoki xalifa unvonini olmay, amir maqomini oʻzida saqlab qolgan.

Amir Temur oʻzining hukmronlik va harbiy yurishlarini qonuniylashtirish maqsadida Amir Husaynning bevasi — Saroy Mulk xonimga uylanadi. Saroy Mulk xonim Chingizxon avlodidan boʻlgan malika edi. Shu yoʻl bilan Temur oʻziga Koʻragon (Buyuk Xon — Chingizxonning kuyovi) nomini oladi. Movarounnahr va Markaziy Osiyodagi Temuriylar bosib olgan hudud, bundan tashqari, Mamluk sultonligi, Usmoniylar imperiyasi, Dehli sultonligi va Oltin Oʻrda ustidan boshqaruv Amir Temur vafotidan soʻng zaiflashadi. Bunga oʻgʼli Shohrux Mirzo va nevarasi Xalil Sulton oʻrtasidagi taxt uchun kurash sabab boʻlgan edi. Shunga qaramay, Temuriylar imperiyasi Hindiston yarimorolida Amir Temurning chevarasi boʻlmish Bobur barpo qilgan Moʻgʻullar imperiyasi koʻrinishida XIX asr oʻrtalariga qadar saqlanib qoladi.

Amir Temur Qoraunas shahzodasi hamda Gʻarbiy Chigʻatoy xonligining amaldagi hukmdori — Amir Husaynga yordam berish orqali Barlos urugʻi (Markaziy Osiyodagi urugʻ) va uning bepoyon hududi boshligʻiga aylanadi. Tugʻluq Temur oʻgʻli Ilyosxoʻjani Movarounnahr hokimi etib tayinlashi bilan Amir Temurning moʻgʻullarga qaramlik davri tugaydi. Amir Temur va Amir Husayn Ilyosxoʻjaga qarshi isyon koʻtaradi, ammo Toshkentda Ilyosxoʻjaning qoʻshini ularni magʻlub etadi. Soʻng Ilyosxoʻja Samarqand tomon yurish qiladi. Biroq bu yerda Amir Temur harbiy kuchlari tomonidan magʻlub etilib, Sharqiy Chigʻatoy xonligiga chekinishga majbur boʻladi. Shu tariqa Amir Temur Samarqand hukmdoriga aylanadi.



Muqova surat: wikipedia.org