Orqaga

710 marta koʻrilgan

1318–1389

Bahouddin Naqshband

Markaziy Osiyoda XIV asrda paydo bo’lgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat — «Naqshbandiya» tariqatidir. Bu tariqat Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband nomi bilan bog’liqdir. Naqshband 1318-yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon (Hinduvon) qishlog’ida tug’iladi (so’ngra Hazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq «Qasri Orifon» deb atala boshlangan). 1354-yilda vafot etgan mutasavvuf olim Xoja Muhammad Boboi Samosi Bahouddin Naqshbandning Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon qishlog’ida paydo bo’lishini oldindan bashorat qilgan ekan. Mazkur mutasavvuf donishmand yosh Bahouddinni o’ziga o’g’il qilib oladi va har tomonlama uni tarbiya qiladi.