Orqaga

1249 marta koʻrilgan

1809-1865

Avraam Linkoln

AQShning 5 dollarlik banknoti (5$) Qoʻshma Shtatlar valyutasining nominalidir. Hozirda banknotning old tomonida AQSh prezidenti Avraam Linkoln, orqa tomonida esa Linkoln yodgorligi tasvirlangan. Baʼzan 5 dollar banknotani “fin” (yahudiy tilida “fin” besh degan maʼnoni anglatadi va bu laqab xuddi shu soʻzdan kelib chiqqan) deb ham atashadi. Lekin bu nomdan bugungi kunda XX asr boshlariga qaraganda kam foydalaniladi. Gravirovka va chop qilish byurosining taʼkidlashicha, muomaladagi 5 dollarlik kupyuraning “oʻrtacha yashash davri” eskirib almashtirilguniga qadar 24 oyni tashkil etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarilgan barcha kupyuralarning taxminan 12 foizi 5 dollarlik banknotalardir.

5 dollarlik banknot aslida juda mashhur pul birligidir. 1 dollarlik banknotdan keyin ikkinchi oʻrinda turadigan 5 dollarlik banknotning juda koʻp nusxalari butun dunyo boʻylab muomalada qatnashadi. Maʼlumot uchun, 2018-yilning oʻzida 825,6 milliard dollar qiymatga ega 5 dollarlik kupyuralar chop etilgan. Hozirgi dizayndagi 5 dollarlik banknot 2008-yil 13-martda muomalaga kiritilgan boʻlib, och binafsha va kulrang tusdagi, nozik fon ranglari bilan bezatilgan. 5 dollarlik banknot ultrabinafsha nurlari bilan yoritilganda koʻk rangda yonadigan xavfsizlik ipi oʻrnatilgan. 5 dollarlik banknotda 2 ta xira bosma shriftdagi yozuvlar tasvirlangan boʻlib, yorugʻlikka tutilgan paytda ular qogʻozning har ikkala tomonidan ham koʻrinadi. Avraam Linkolnning bolaligi va dastlabki hayoti Linkoln 1809-yil 12-fevralda Kentukki shtatining Xardin okrugida, bir xonali yogʻoch kabinada Nensi va Tomas Linkoln oilasida tugʻilgan. Uning oilasi 1816-yilda janubiy Hindistonga koʻchib ketadi. Linkolnning rasmiy taʼlim olishi mahalliy maktablarda uchta qisqa davr bilan cheklangan, chunki u oilasini boqish uchun tinimsiz ishlashi kerak edi.

Uning oilasi 1830-yilda janubiy Illinoys shtatida joylashgan Makon okrugiga koʻchib oʻtdi va Linkoln Missisipi daryosi boʻylab Yangi Orleanga yuk tashuvchi daryo qayigʻida ishlaydi. U Illinoys shtatining Nyu Salem shahriga joylashganidan keyin bu yerda doʻkondor va pochtalyon sifatida faoliyat olib bordi. Linkoln Vigilar partiyasi tarafdori sifatida mahalliy siyosatga aralashib, 1834-yilda Illinoys shtati qonun chiqaruvchi organi savlovida gʻalaba qozonadi. Linkoln fermada ishlagan, panjaralar uchun relslar kesish bilan shugʻullangan. Nyu Salemda (Illinoys shtatida) doʻkondorlik qilgan va ayni mana shu davrlarda ilm olish uchun juda qattiq harakat qiladi. U 8 yil mobaynida qonun chiqaruvchi organda faoliyat yuritib, Black Hawk urushida kapitanlik vazifasini bajaradi. Koʻp yillar davomida sudlar tizimida faoliyat yuritadi. Uning huquqshunos sherigi u haqida shunday deydi: “Undagi ishtiyoq goʻyoki dam olishni bilmay ishlaydigan kichik dvigatelning xuddi oʻzi edi”.

U Meri Toddga uylanadi va ular toʻrt nafar oʻgʻil farzand koʻradi. Lekin ulardan faqat bittasi yashab qoladi. Linkoln 1858-yilda senatorlik uchun Stiven Arnold Duglasga qarshi kurashadi. U saylovda magʻlub boʻldi lekin Duglas bilan uning oʻrtasida boʻlib oʻtgan bahs-munozara xalq orasida unga shunchalik obroʻ keltirdiki, natijada u 1860-yilgi prezidentlik saylovida respublikachilar sifatida oʻz nomzodini qoʻydi. Prezident sifatida u respublikachilar partiyasini kuchli milliy tashkilotga aylantirdi. Bundan tashqari, u shimoliy demokratlarning koʻpchiligini Union Causeʼga birlashishga chaqirdi. 1863-yil 1-yanvarda u konfederatsiyadagi qullarni ozod etilishini eʼlon qiluvchi emansipatsiya deklaratsiyani ishlab chiqdi. Linkoln fuqarolar urushi aslida jiddiyroq ofatlarga sabab boʻlganini butun dunyo unutishiga yoʻl qoʻymadi. Buni u Gettisburgdagi harbiy qabristonni ochilish marosimida juda ham taʼsirli tarzda ifodaladi: “ Biz bu yerda shunday qatʼiy qarorga keldikki, bu oʻliklar behudaga jon bermagan. Bu xalq Allohning marhamati ostida yangi ozodlikka erishadi va insonlar tomonidan xalq uchun yaratilgan bu hukumat yer yuzidan hech qachon yoʻq boʻlib ketmaydi.”

Linkolnning kenja oʻgʻli Ted bilan surati, 1864-yil / wikipedia.org

Linkoln 1864-yildagi qayta saylovda gʻalaba qozonadi, chunki ittifoqning harbiy gʻalabalari urushning tugashi muqarrar ekanidan darak berar edi. Tinchlik uchun rejalar tuzishda prezident moslashuvchan va saxovatli boʻlib, janubliklarni qurollarni tashlab, tezda birlashishga undadi. Shunisi aniqki, uni olgʻa yetaklagan ruh Vashingtondagi Linkoln yodgorligining devorlaridan biriga yozib qoʻyilgan ikkinchi inauguratsiya murojaati edi: “Yomonlik — hech kimga, xayr-ehson — hammaga. Oʻng tomonda qatʼiyat bilan, Alloh bizning haqni koʻrishimizni istaganidek, keling, oldimizga qoʻyilgan ishni oxiriga yetkazish uchun harakat qilaylik. Xalqning yaralariga malham boʻlish uchun…” Linkoln 1865-yil 14-aprel — xayrli juma kunida Vashingtondagi Ford teatrida aktyor Jon Uilks But tomonidan oʻldiriladi. U Linkolnni qandaydir bir tarzda janubga yordam beryapti, degan fikrda edi. Natija esa buning aksi boʻldi, chunki Linkolnning oʻlimi bilan rahm-shafqat ila tinchlikka erishish imkoniyati ham yoʻqqa chiqdi.

Avraam Linkoln Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti lavozimidagi ikkinchi inauguratsiya nutqi bilan, Vashington, K.O. / wikipedia.org

 


Manba: whitehouse.gov
Muqova suratlar: wikipedia.org / facebook.com