2
Ulashish
997 marta koʻrilgan
XIX–XX
Avangardizm
Avangardizm (fransuzcha: avantgardiste) XX asr adabiyot va san’atida qator zamonaviy oqimlarning umumiy shartli nomi. Avangardizm tarafdorlari adabiyotni va san’atni tubdan yangilashni, uning shakli va ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan, avvalgi qaror topgan yo’nalishlar (shu jumladan, romantizm, realizm, impressionizm, neoklassika va boshqalar) ga tanqidiy yondashgan. Avangardizm namoyandalari san’atning predmetini ham, uslubini ham, shakl va mazmunni ham yangilashni o’zida ifoda etgan umumiy istak ostida birlashganlar. Bu yo’nalish taraqqiy etgan 1905–1930-yillarda uning tamoyillari ekspressionizm, fovizm, kubizm, dadaizm, syurrealizm; adabiyotda – „ong oqimi“, futurizm, musiqada – dodekafoniya, atonallik va boshqa modernistik oqim va maktablarda, shuningdek ba’zi yirik so’z ustalarining ma’lum davrdagi ijodiy faoliyatida namoyon bo’ldi. Bir-biriga zid mayllar, turli ijtimoiy, g’oyaviy-estetik nuqtai nazarda turgan, ijodiy taqdiri bir-biriga o’xshamagan san’atkorlar Avangardizmning umumiy oqimida to’qnashdi.