Orqaga
Jadid Ashurali Zohiriy hayoti va ijodi, mehnat faoliyati va adabiy-ilmiy merosi.

547 marta koʻrilgan

1885–1938

Ashurali Zohiriy

Ashurali Zohiriy ma’rifat va istiqlol fidoyisi, XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va ma’rifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi. Zohiriy 1885-yilda Qo’qon shahri yaqinidagi Oyim qishlog’ida tavallud topadi. U dastlab shu yerdagi eski usuldagi maktabda, so’ng Madalixon madrasasida o’qiydi. Bu yerda u arab, fors tili, sharq klassik va ayniqsa o’zbek klassik adabiyotining buyuk namoyandalari asarlarini muhabbat bilan o’rgana boshladi. Ashurali Zohiriy 1937-yilgi boshqa siyosiy qatag’on qurbonlari kabi faqat Stalin vafotidan keyin bir necha yil o’tgach, 1958-yil 15-sentabrdagina oqlandi. Lekin haqiqiy ma’noda faqat Mustaqillikdan keyingina qadrini topdi. Maqolada siz Ashurali Zohiriy hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.