Orqaga

712 marta koʻrilgan

XIV–XVII

Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi

Shayboniylarga amakivachcha ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon xonligida (Hoji Tarxon, Astraxan) hukmronlik qilganlar. Ruslar bu xonlikning nomini Astraxan deb ataganlar. 1556-yilda Astraxanni Rossiya bosib olgach, Ashtarxonning sobiq hukmdori Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindosh-urug’i bilan Buxoroga keladi. Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat-ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga beradi.