Orqaga

961 marta koʻrilgan

V–XV

Arabiston ilk o‘rta asrlar boshida

Arab qabilalari arabiston yarimoroli va unga tutash hududlarda yashagan. Ular somiy xalqlaridan bo’lib, somiylarga arablardan tashqari: yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham mansub bo’lishgan. Bu xalqlar Qadimgi Sharqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tashkil etgan. Ko’chmanchi arablar – badaviylar tuyachilik, qo’ychilik va yilqichilik bilan shug’ullanib kelgan. Badaviylar cho’l va yaylovlarda mol boqib, ko’chib yurgan.