Orqaga

859 marta koʻrilgan

XIX–XX

AQSHning tashqi siyosati

Mamlakatning bepoyon hududlari va Rossiyadan sotib olingan Alaskani o’zlashtirish bilan band bo’lgan AQSH mustamlakalar va o’z ta’sir doiralarini qo’lga kiritishga Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdi. Uning e’tibori dastlab Lotin Amerikasi, Karib havzasi va Tinch okean bo’yida joylashgan mamlakatlarga qaratildi. AQSH Lotin Amerikasida hukmron bo’lib olish uchun kurashib, riyokorlik bilan «Hamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bitta», degan g’oyani targ’ib qilib keldi. 1889-yilda AQSH Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi.