Orqaga

889 marta koʻrilgan

XIX–XX

AQSHning ichki siyosati

AQSH iqtisodining rivojlanishi va dunyoda birinchi davlatga aylanishi jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy muammolarni o’z-o’zidan bartaraf etishga olib kelgani yo’q. AQSHda ham ishchilar sinfi o’z haq-huquqlari uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo’lgan. Bu davrdagi ishchilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishish edi. 1886-yil 1-may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan ortiq ishchi ishtirok etdi. Buning natijasida 200 mingga yaqin ishchi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi.