Orqaga

927 marta koʻrilgan

m. a. 2000-yil

Antik tarixning boshlanishi

Bolqon yarimoroli va O’rtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunoniston deb atalgan. Shimol tarafidan tashqari, Qadimgi Yunonistonni O’rtayer dengizi suvlari o’rab turadi. Mil. avv. 2-ming yillikda Janubiy Yunoniston va Krit orolida ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi. Krit orolidagi sivilizatsiya afsonaviy podsho Minos nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi deb atalgan. Mazkur sivilizatsiya kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo’lgan vulqon otilishi oqibatida vayron bo’lgan. Ko’p o’tmay qayta tiklangan.