Orqaga

1020 marta koʻrilgan

XVI–XVII

Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi

Mutlaq monarxiya (absolutizm) – davlat hokimiyatining huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs – monarx qo’lida to’planishidir. Angliyada boshqaruvning mutlaq monarxiya shakli siyosiy tarqoq mamlakatni yagona markaziy hokimiyat qo’l ostida birlashtirish natijasida vujudga keldi. Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barham berdi. Chunonchi, qirol Genrix VIII Tyudor (1509–1547) hali ham mustaqilligini saqlab qolgan ayrim shimoliy grafliklar va Uelsga yurish qilib, butun mamlakatni birlashtirdi. Aynan mutlaq monarxiya feodallarning o’zaro ichki kurashlariga barham berdi. Tyudor feodallar qo’shinlarini tarqatib yubordi.