Orqaga

820 marta koʻrilgan

XVIII asr

Angliyaning dunyoda birinchi sanoat mamlakatiga aylanishi

XVIII asrda Angliya cheklangan monarxiya davlati edi. Davlat boshlig’i qirol bo’lib, hukumatni parlament saylovida g’olib chiqqan ikki siyosiy partiyadan biri tuzar edi. Butun hokimiyat parlament qo’lida edi. Parlamentning Jamoalar palatasida tori va vigilar partiyalari faoliyat ko’rsatardi. Torilar qirolning huquq va manfaatlarini himoya qilgan hamda mavjud tartiblar buzilmasligi uchun kurashgan. Vigilar esa parlament huquqlarini himoya qilar edi. Mamlakatda muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o’tkazilishi tarafdori edi. 1707-yilda parlament Angliya va Shotlandiya o’rtasidagi uniyani qonunlashtirdi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb ataladigan bo’ldi. 1716-yilda parlament vakolati 6 yil etib belgilandi. Shu tariqa mamlakatda professional, doimiy ishlaydigan parlamentga asos solindi.