Orqaga

678 marta koʻrilgan

XVI–XVIII

Amirlikning xoʻjalik hayoti

Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi: 1)davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2)mulk yerlari (xususiy); 3)vaqf yerlari. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to’qayzor qismi ko’chmanchi jamoalarga bo’lib berilgan bo’lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to’lashardi. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg’ol shaklida in’om etilgan edi.