Orqaga

803 marta koʻrilgan

XIV asr

Amir Temurning siyosiy maydonga kirib kelishi

XIV asrning 50–60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. U yerdagi hokimlar o’zini hokimi mutlaq deb e’lon qiladi. Shu tariqa mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib ketgan. Viloyatlar o’rtasida nizolar kuchayib ketadi va qonli urushlarga olib keladi. Siyosiy tarqoqlik, o’zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo’lib, mamlakat aholisini, ayniqsa, dehqonlar xo’jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo’g’uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qiladi va davlatni talaydi. Mo’g’uliston xonlarining vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakatlari boshlanadi.