Orqaga

181 marta koʻrilgan

XIV–XV

Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni

Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizgacha, Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar g’oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanat tuzdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo’lgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirdi. Temur nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo’ysundirilgan mamlakatlar shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag’dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G’arbni bog’lovchi qadimiy karvon yo’llarini tikladi.