Orqaga

738 marta koʻrilgan

XIV–XV

Amir Temur davlatining tashqi siyosati

Amir Temur davlati bilan Vizantiya, Turkiya, Hindiston, Ispaniya, Fransiya, Angliya, Oltin O’rda, Mo’g’uliston va Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o’rnatadi. Amir Temur davlatining tashqi siyosati o’z oldiga mamlakat xavfsizligini ta’minlash; qo’shni mamlakatlarda ta’sirini mustahkamlash; Turkiya, Hindiston, Xitoy, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy, elchilik, madaniy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish kabi vazifalarni qo’ygan. XIV asr oxirlarida vujudga kelgan muayyan xalqaro vaziyat tufayli Amir Temur davlati, Turkiya, Misr va Oltin O’rda eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi. Bu davrda Amir Temurga Mo’g’uliston, Oltin O’rda va Misr bilan ittifoqdagi Usmoniylar Turkiyasi qarama-qarshi turar edi.