Orqaga

530 marta koʻrilgan

1875–1946

Ahmadjon Abdusaidov (Hamdiy)

Ahmadjon Abdusaidov 1875-yili Buxoro shahrining “Muftizoda” mahallasida dunyoga kelgan. Buxoro maktab va madrasalarida tahsil olgan. Masjid qoshida yangi usul maktabi ochib bolalarga dars bergan. Mulla Ahmadjon tatar matbuoti orqali jadidchilik g’oyalari bilan tanishgan. «Tarbiyayi atfol» jamiyatining ishlarida faol ishtirok etgan. «Hamdiy» taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. 1911-1913-yillarda bir guruh yoshlarni olib Turkiyaga borgan va Istanbuldagi «Dor ul-voizin» maktabida o‘qib qaytgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, 1920—1921-yillari BXSR MIK raisi lavozimida ish olib borgan. Maqola Ahmadjon Abdusaidov hayotiga bag’ishlangan turkum ma’lumotlarni qamrab oladi.