Orqaga

568 marta koʻrilgan

914–990

Ahmad as-Sagʻoniy

Ahmad as-Sag’oniyning toʻliq nomi Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad as-Sag’oniy al-Asturlobiy bo’lib, o’rta asr manbalarida «Sag’aniyan», fors manbalarida esa «Chag’oniyon» deb yuritilgan joyda tug’ilgan. O’sha davrdagi Sag’oniyon bugungi Surxondaryo viloyatining Denov shahri atroflarini o’z ichiga olgan. U yoshligida o’z davrining eng yirik ilm markazi Bag’dodga borib qolgan va yirik astronomlaridan biri bo’lib yetishgan. Ahmad as-Sag’oniyning ismiga qo’shib aytiladigan «Asturlobiy» rutbasi uni asturloblar, umuman, astronomik jihozlar yasashda va ularni qo’llashda mohir mutaxassis bo’lganidan dalolat beradi. Alloma astronomiyadan tashqari geometriyaga oid bir necha asarlarning muallifi hamdir.