Adrian devori Buyuk Britaniyaning shimoli-gʻarbiy chegarasini varvar bosqinchilaridan qoʻriqlash uchun xizmat qilgan Rim mudofaa toʻsigʻidir. Devor Shimoliy Britaniyaning butun kengligi boʻylab, bir qirgʻoqdan keyingi qirgʻoqqacha, yaʼni sharqda Tayn daryosi boʻyidagi Uolsenddan (Segedunum) gʻarbda Solvey Fert boʻyidagi Bounessgacha 73 milya (118 km) masofaga choʻzilgan. Dastlabki rejaga muvofiq, kengligi 10 rim futi (rim fut uzunlik oʻlchov birligi standart futdan bir oz kattaroq) va balandligi sharqiy sektor uchun kamida 12 fut boʻlgan toshdevor hamda shimolda kengligi 20 rim futi boʻlgan chimdevor qurilishi kerak edi.