Orqaga

630 marta koʻrilgan

XII–XIII

Adib Ahmad Yugnakiy

Turkiy adabiyotning bizga ma’lum namoyandasi mashhur «Hibat ul-haqoyiq» asarining muallifi Ahmad Yugnakiy bo’lganligini qayd etish mumkin. Ahmad Yugnakiy haqidagi ma’lumotlarni biz XV asrga oid Alisher Navoiy, Arslonxo’ja Tarxon va boshqalar yozib qoldirgan ma’lumot hamda shoirning o’z yozganlaridan bilamiz. Manbalarda Ahmadning tug’ilgan joyi Yugnak deb ataladi. Bu nomdagi qishloqlar qadimgi Samarqand atrofi, Farg’ona vodiysi va Sirdaryo bo’ylarida mavjud bo’lgan. Ahmad onadan ko’zi ojiz tug’ildi. Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: «Haq subhonahu va taolo agarchi zohir ko’zin yopuq yaratgandur, ommo ko’ngil ko’zin bag’oyat yoruq qilg’ondur». Ahmad yoshligidan juda qobiliyatli va ziyrak bo’lgan.