Orqaga

937 marta koʻrilgan

XVII–XIX

Adabiyot va sanʻat

Adabiyot Bu davrning ko’zga ko’ringan ma’rifatchi yozuvchilardan biri – ingliz yozuvchisi Daniel Defo (1660–1731) edi. Uning “Robinzon Kruzoning hayoti va g’aroyib sarguzashtlari” asari hamon sevib o’qiladi. Shotlandiyalik dengizchi A.Selkrikning kimsasiz oroldagi 4 yilga yaqin sarguzashtlari yozuvchining qalamida 28 yillik g’aroyib sarguzasht bayoniga aylangan. D.Defoning qahramoni Robinzon Kruzo ishbilarmon, mehnatsevar, o’z kuchiga ishonuvchi insondir.