Orqaga

823 marta koʻrilgan

870–944

Abu Mansur al-Moturidiy

Abu Mansur al-Moturidiy sunniy e’tiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri bo’lmish Moturidiya oqimining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda oz. To’liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog’idan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) bo’lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy ta’limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o’sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo’lgan Samarqandda davom ettiradi.