Orqaga

542 marta koʻrilgan

899–959

Abu Bakr Narshaxiy

Abu Bakr Narshaxiy — Markaziy Osiyo tarixnavisligining ilk qadimiy durdonalaridan biri bo’lmish «Tarixi Buxoro» deb shuhrat topgan nodir asarning muallifidir. U o’z asarini 943–944-yillarda arab tilida yozgan va uni shu yillarda taxtga o’tirgan Somoniylar davlati hukmdori Amiri Hamid, ya’ni Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943–954)ga bag’ishlagan. «Buxoro tarixi»ning o’zida ham, boshqa tarixiy manbalarda ham muallifning hayoti va faoliyatiga doir biror kengroq ma’lumot uchramaydi. Faqat XIII asr muallifi Sam’oniyning «Kitob ul-ansob» asarida uning to’la ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik ekanligi va u Buxoro ahlidan (Narshax qishlog’idan) bo’lib, 286-hijriy (899-milodiy) yili tavallud topgan va 348 (959)-yili vafot etganligi eslatiladi.