Orqaga

568 marta koʻrilgan

1027–1114

Abu al-Muʼiyn an-Nasafiy

Abul Muin an-Nasafiy nomi bilan mashhur bo’lgan allomaning to’liq nomi Maymun ibn Muhammad Mu’tamid ibn Makhul bo’lib, 1027-yilda Nasaf (Qarshi)da tavallud topgan. Uzoq yillar Buxoro va Samarqandda yashab ijod etgan olim haqidagi ayrim ma’lumotlarni nasaflik boshqa bir olim Umar ibn Muhammad an-Nasafiyning «Аl-qand fi zikri ulamoi Samarqand» («Samarqand olimlari zikrida qanddek (shirin) kitob») nomli asarida uchratish mumkin. Asarda keltirilishicha: «Sharq-u G’arbning olim-u ulamolari Abul Muin an-Nasafiy ilmining dengizidin bahra topib, ul taratg’on ziyo nurlarini ko’zlariga to’tiyo qilib surtg’onlar». Alloma 1114-yili 87 yoshida Samarqandda vafot etgan. IX–X asrlarda islom keng tarqalgan Yaqin va O’rta Sharq, Markaziy Osiyo o’lkalarida islom ilohiyoti, falsafasi, kalom ilmi rivoj topdi.